2+2 = ? Kim qanday talqin qiladi
2+2= urraaa (natijaning farqi yo'q, bilishmaydi ham) (Yoshlar ittifoqi)
2+2=0 (Samarqand hokimiyati)
2+2=" ??? "(kollejlar)
2+2= Komandir, necha qilaylik, guvohlar tayyor! (Kattaqo'rg'on IIB)
2+2= onangni.... (Farg'ona hokimiyati)
2+2= istasangiz ham, istamasangiz ham 4 bo'ladi. Butun dunyoda shunday! ("noshukrlar")
2+2= 4 + 100% + shapka + 2 oy + soliq + ta'mirlash + 14% (01.08.18) (GM)
2+2= bilib qo'ylaring, 4 bo'ladi. 2+2=4 bo'lishini bilmaydigan rahbarlar menga kerak emas! Xalqni aldamalaring, xalq ahmoq emas! (Shavkat aka)
2+2=" ???? " (kollejlar) - oradan o'n yil o'tdi
2+2= Ajoyib savol bo'ldi. bla-bla-bla... (PressKlub)
2+2= a)<6 b)>3 c)>2 d)<5 (DTM)
2+2=4+100% (Bojxona)
2+2=0.1 Kbit/s + 0.1 Kbit/s + ... + 0.1 Kbit/s (UZONLINE)
2+2=1.0525 ShB x 4.210 so'm (UMS, BEELINE, UCELL)
2+2=1 (Uzagro)
2+2= 100 (Davlat statistika qo'mitasi)
2+2=4 ta xotin (ba'zi birovlar, 4 soni bo'lsa bo'ldi, aylantirib xotin mavzusiga olib keladi, ularning ba'zilari hali bo'ydoq)
Abu Yusuf
Комментарии
Отправить комментарий